ilmsarchashmalari@umail.uz +998 91-915-45-55 220100, Urganch shahri, Hamid Olimjon koʻchasi, 14-uy.
Muhim ma'lumotlar

Nashr etikasi

«Ilm Sarchashmalari» jurnali ilmiy nashrlarning xalqaro etik me'yorlariga, jumladan COPE (Committee on Publication Ethics) tavsiyalariga amal qiladi. Quyidagi qoidalar mualliflar, taqrizchilar va tahririyat uchun majburiydir.

Mualliflarning majburiyatlari

Maqola muallifning original tadqiqoti bo'lishi, avval boshqa nashrda chop etilmagan va bir vaqtda boshqa jurnalga yuborilmagan bo'lishi shart.

Boshqa mualliflarning g'oyalari, ma'lumotlari va matnidan foydalanilganda manba to'g'ri ko'rsatiladi. Plagiat, ma'lumotlarni soxtalashtirish va o'zgartirish qat'iyan man etiladi.

Hammualliflar ro'yxatiga faqat tadqiqotga sezilarli hissa qo'shgan shaxslar kiritiladi. Manfaatlar to'qnashuvi mavjud bo'lsa, u oldindan ma'lum qilinadi.

Taqrizchilarning majburiyatlari

Taqrizchi qo'lyozmani xolis, asosli va o'z vaqtida baholaydi. Qo'lyozma maxfiy hujjat hisoblanadi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.

Manfaatlar to'qnashuvi bo'lsa, taqrizchi taqrizdan voz kechadi va bu haqda tahririyatga xabar beradi.

Tahririyatning majburiyatlari

Tahririyat qo'lyozmani faqat uning ilmiy ahamiyati, originalligi va jurnal yo'nalishiga mosligi asosida baholaydi; muallifning millati, jinsi, e'tiqodi yoki lavozimi hisobga olinmaydi.

Etik qoidabuzarlik aniqlansa, maqola rad etiladi yoki chop etilgan bo'lsa, rasmiy ravishda qaytarib olinadi (retraction).

Plagiatni tekshirish

Barcha qo'lyozmalar antiplagiat tizimida tekshiriladi. O'zlashtirish darajasi belgilangan me'yordan yuqori bo'lgan maqolalar ko'rib chiqilmaydi.