ilmsarchashmalari@umail.uz +998 91-915-45-55 220100, Urganch shahri, Hamid Olimjon koʻchasi, 14-uy.
Talabnoma

Maqola topshirish talablari

Rasmiylashtirish talablari

1
Hajmi va format
Maqоla Times New Roman shriftida yozilishi lоzim. Shrift hajmi – 14, qatоr оralig‘i – 1,5, hоshiya chapda 3 sm., yuqоri va pastda 2,5 sm., o‘ngda 1,5 sm. bo‘lishi kеrak. Maqolalar hajmi 6 sahifadan kam bo‘lmasligi kerak.
2
Maqola tarkibiy elementlariga qo‘yiladigan talablar
1. Maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot (Author information) 2. Maqola mavzusi (Title) 3. Maqola annotatsiyasi (Abstract) 4. Kalit so‘zlar (Key words) Mazkur ma’lumotlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida alohida-alohida taqdim etilishi shart.
3
Maqolaning tarkibiy (IMRAD) tuzilmasiga qo‘yiladigan talablar:
1. Kirish (Introduction) • Mavzuning dolzarbligi asoslanadi. • Ilmiy muammo aniq qo‘yiladi. • Tadqiqot maqsadi va vazifalari belgilanadi. • Obyekt va predmet ko‘rsatiladi. • Ilmiy yangilik hamda nazariy-amaliy ahamiyat yoritiladi. 2. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review) • Asosiy ilmiy manbalar tahlil qilinadi. • Turli yondashuvlar solishtiriladi. • Kuchli va zaif jihatlar ko‘rsatiladi. • Ilmiy “bo‘sh joy” (Research gap) aniqlanadi. 3. Tadqiqot metodologiyasi (Research methodology) • Tadqiqot dizayni bayon etiladi. • Metodlar ko‘rsatiladi. • Tadqiqot materiali belgilanadi. • Tahlil bosqichlari asoslanadi. 4. Tahlil va natijalar (Analysis and results) • Empirik material asosida tahlil beriladi. • Natijalar dalillar bilan asoslanadi. • Jadval va misollar qo‘llaniladi. • Ilmiy izoh beriladi. 5. Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations) • Natijalar umumlashtiriladi. • Asosiy xulosalar beriladi. • Amaliy ahamiyat ko‘rsatiladi. • Kelgusidagi tadqiqotlar uchun takliflar beriladi.
4
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References)
• Ushbu qismda tadqiqotda foydalanilgan barcha adabiyotlarning ro‘yxati [1], [2] yoki [3] ketma-ketligida qo‘yiladi. Masalan: – mualliflar ismi-sharifi, kitob nomi, nashr manzili nashriyot nomi, yili, betlari; – mualliflar ismi-sharifi, maqola nomi, jurnal nomi, nashri, yili, soni, betlari. • Maqola matnida foydalanilgan adabiyotlardan olingan materialga havola (snoska) [1; 25–26-b.] shaklida berilishi kerak.
5
Taqriz
Fan nomzodi dotsent yoki doktori tomonidan berilgan taqriz ilova qilinadi. Taqriz PDF shaklida qabul qilinadi.
6
Originallik
Matn originalligi kamida 70% dan yuqori bo'lishi kerak (antiplagiat tekshiruvidan o'tkaziladi).

Qo'lyozma yuborish