ilmsarchashmalari@umail.uz +998 91-915-45-55 220100, Urganch shahri, Hamid Olimjon koʻchasi, 14-uy.
Muhim ma'lumotlar

Taqrizlash siyosati

Jurnalga kelgan har bir qo'lyozma ikki tomonlama yopiq («ko'r») taqrizdan o'tkaziladi: muallif taqrizchini, taqrizchi esa muallifni bilmaydi.

Taqriz bosqichlari

1. Tahririyat qo'lyozmani jurnal talablari va yo'nalishiga mosligini dastlabki tekshiruvdan o'tkazadi.
2. Qo'lyozma antiplagiat tizimida tekshiriladi.
3. Maqola soha bo'yicha kamida bitta mustaqil mutaxassisga taqriz uchun yuboriladi.
4. Taqrizchi xulosasi asosida tahririyat qaror qabul qiladi.

Taqrizchi xulosasi

Taqrizchi quyidagi xulosalardan birini beradi: nashrga tavsiya etiladi; kichik tuzatishlardan so'ng nashr etiladi; jiddiy qayta ishlash talab etiladi; nashrga tavsiya etilmaydi.

Muddatlar

Taqrizlash muddati odatda 2–4 hafta. Tuzatish talab qilingan maqola muallif tomonidan qayta ishlanib, takroriy taqrizga yuboriladi.

Maxfiylik

Taqrizlar tahririyatda saqlanadi va muallifga taqrizchi ismi ko'rsatilmagan holda yuboriladi.