Hurmatli jurnalxonlar va mualliflar!

“Ilm sarchashmalari” ilmiy-nazariy, metodik jurnalining 2026-yil 9-soni (sentabr) uchun maqolalar qabuli davom etmoqda.

📌 Navbatdagi sonning sentabr oyi oxirida nashr etilishi rejalashtirilgan.

❗️ Mualliflardan maqolalarni tahririyatga yuborishdan avval jurnalning maqolalarni rasmiylashtirish bo‘yicha yo‘riqnomasi (talablari) bilan tanishib chiqishlari hamda maqolalarni belgilangan talablar asosida tayyorlab yuborishlari so‘raladi.

🤝 Hamkorligingiz va jurnalimizga bildirayotgan ishonchingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Hurmat bilan,
“Ilm sarchashmalari” jurnali tahririyati