HURMATLI MUALLIFLAR!

“Ilm sarchashmalari” ilmiy-nazariy, metodik jurnali tahririyati maqolalarni nashrga taqdim etishda keltirilayotgan barcha ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligiga alohida e’tibor qaratishingizni so‘raydi.
Xususan, maqolalarda:
normativ-huquqiy hujjatlarning nomi, sanasi va raqami;
vazirlik, idora, oliy ta’lim va boshqa tashkilotlarning amaldagi rasmiy nomlari;
tarixiy sanalar, statistik ma’lumotlar va ilmiy faktlar;
foydalanilgan adabiyotlar va elektron manbalarga oid ma’lumotlar
rasmiy va ishonchli manbalar asosida tekshirilishi shart.
Maqolani jurnalga yuborishdan oldin undagi faktik ma’lumotlar, havolalar va manbalarni yana bir bor sinchiklab tekshirishingizni so‘raymiz. Shuningdek, taqrizchilardan ham maqolalarni baholash jarayonida mazkur jihatlarga alohida e’tibor qaratishlarini so‘raymiz.
Jurnalimizda chop etilayotgan ilmiy materiallarning ishonchliligi, aniqligi va ilmiy saviyasini ta’minlash barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir.

“Ilm sarchashmalari” jurnali tahririyati