BADIIY TARJIMADA MUSHTARAK MADANIY-TARIXIY BIRLIKLARNING BERILISHI
Maqolada o‘zbek tilidan hindiy tiliga tarjima qilingan tarixiy asarlardagi arxaizmlar, shuningdek, milliy madaniyatga xos so‘zlarning tarjimada ifodalanishi tahlil etildi. Jumladan, taqya, das-tor, to‘n, dasturxon, dubulg‘a, po‘stin, qo‘shin, salohdor, chaqirim kabi so‘zlarni hindiy tiliga o‘girishda yuzaga kelgan muammolar haqida so‘z boradi. Yana alohida e’tibor mazkur so‘zlarning tarjimon tomoni-dan qanday, qay usullarni qo‘llagan holda tarjima qilganiga qaratilgan va tahlilga tortilgan. Shuningdek, mazkur maqolada tarixiy asarlar tarjimasida nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida bir qancha olimlar-ning fikr-mulohazalari keltirib o‘tilgan. Ushu ilmiy maqola uchun adabiy manba sifatida atoqli o‘zbek yo-zuvchisi Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” va Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarlari ham-da ularning mohir tarjimon Suthir Kumar Mathur tomonidan hindiy tiliga qilingan tarjimasi tanlab olindi va tahlilga tortildi. Tarjima asardagi yutuq va kamchiliklar batafsil keltirib o‘tildi.
В статье анализируются архаизмы в исторических произведениях, переведен-ных с узбекского языка на хинди, а также выражение в переводе слов, характерных для националь-ной культуры. В частности, в статье рассматриваются проблемы, возникающие при переводе на хинди таких слов, как тюрбан, дастор, тон, дастурхан, шлем, пальто, армия, салахдар и килдим. Особое внимание уделяется также методам и приемам, используемым переводчиком для перевода этих слов и их анализа. В статье также представлены мнения ряда ученых о том, на что следует обращать внимание при переводе исторических произведений. В качестве литературных источни-ков для данной научной статьи были выбраны и проанализированы “Сокровища Улугбека” извест-ного узбекского писателя Одила Якубова и “Звездные ночи” Пиримкула Кодирова, а также их пе-ревод на хинди опытным переводчиком Сутиром Кумаром Матхуром. Подробно описаны дости-жения и недостатки перевода.
The article analyzes archaisms in historical works translated from Uzbek into Hindi, as well as the expression of words specific to national culture in translation. In particular, it discusses the problems that arose when translating words such as takya, dastor, ton, dasturkhan, dubulga, poustin, qoshin, salohdar, khurim into Hindi. Special attention is also paid to the methods and methods used by the translator to translate these words and analyzes them. The article also cites the opinions of several scholars on what should be paid attention to when translating historical works. The works of the famous Uzbek writer Odil Yakubov “Ulugbek Khazinasi” (The Treasure of Ulugbek) and Pirimqul Qodirov “Starry Nights” (Starry Nights) and their translation into Hindi by the skilled translator Suthir Kumar Mathur were selected and analyzed as literary sources for this scientific article. The achievements and shortcomings of the translation work were described in detail.
Foydalanilgan adabiyotlar
- Индо-русский словарь. В двух томах, 1-том. А.С.Бархударов, В.М.Бескровный и др. Под ред. В.М. Бескровного. М., “Советская энциклопедия”, 1972, c. 912.
- Hindi-russkiy slovar. V dvux tomax, 2-tom. А.S.Barxudarov, V.М.Beskrovniy i dr. Pod red. V.М Beskro-vniy. М., “Sovetskaya ensiklopediya”, 1972, c. 907.
- Isoqova Sh. Badiiy tarjima milliylik va tarixiylikning aks ettirilishi (Oybekning “Navoiy” romanining fran-suzcha tarjimasi misolida). Filol. fan. nomz. …diss., T., 2004, 130-bet.
- Musayev Q. Tarjima nazariyasi asoslari. Тоshkent, “Fan”, 2005, 352-bet.
- Ochilov E. Arxaizm va tarjima. Sharq tarjimashunosligi. Tarixi, hozirgi kuni va kelajagi. Ilmiy maqolalar to‘plami, Тоshkent, ToshDSHI, 2014, 39–45-betlar.
- Qodirov P. Yulduzli tunlar. Toshkent, “Sharq”, 2009, 543-bet.
- Ульциферов О.Г. Современный русско-хинди словарь. М., “Русский язык Mедиа”, 2004, 1035 c.
- Yoqubov O. Ulug‘bek xazinasi. Тoshkent, G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1994, 334-bet
- O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jildlik, 1-jild, Toshkent, 2006, 808-bet.
- O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 1-jild, S.F.Аkobirov, Т.А.Аliqulov, Z.М.Ma’rufov ва bоsh., М.Ma’rufov tahriri ostida, М., “Rus tili”, 1981, 632-bet.