INGLIZ VA O‘ZBEK TILIDA E’TIQOD MAZMUNLI PAREMIOLOGIK BIRLIKLARNING STRUKTUR XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi e’tiqod mazmunli paremiologik birlik-larning struktur xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ikki tilda uchraydigan e’tiqodga oid maqol, matal va hikmatli iboralarning sintaktik, kompozitsion hamda semantik-struktur mo-dellari o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlashdan iborat. Paremiologik birliklar xalqning tarixiy tajribasi, dunyoqarashi, axloqiy me’yorlari va milliy mentalitetini aks ettiruvchi barqaror til birliklari sifatida aloha-da ilmiy ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, e’tiqod mazmunli paremiyalar insonning ishonch, sabr, taqdir, ta-vakkal, ezgulik, yomonlik, halollik, niyat va ruhiy qarashlarini ifodalashda faol qo‘llanadi. Maqolada qiyo-siy-tipologik, struktur-semantik, deskriptiv va lingvokulturologik tahlil usullaridan foydalanildi. Tadqiqot natijasida ingliz va o‘zbek tillaridagi e’tiqod mazmunli paremiologik birliklar sodda gap, qo‘shma gap, parallel konstruksiya, antitezali model, shart ergash gapli model, buyruq-istak shakli hamda elliptik kons-truksiyalar asosida shakllanishi aniqlandi. Shuningdek, o‘zbek tilidagi paremiyalarda nasihat, pand, sabr va taqdirga munosabat kuchliroq ifodalansa, ingliz tilidagi birliklarda ehtiyotkorlik, axloqiy me’yor, ama-liy xulosa va individual mas’uliyat semalari kuchliroq namoyon bo‘lishi kuzatildi. Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, e’tiqod mazmunli paremiologik birliklarning struktur qurilishi ularning mazmunini ifodalashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Mazkur maqola paremiologiya, qiyosiy tilshunoslik, lingvokulturologiya hamda tarjimashunoslik sohalari uchun muhim nazariy va amaliy manba bo‘la oladi.
В данной статье проводится сравнительный анализ структурных особеннос-тей паремиологических единиц с содержанием веры в английском и узбекском языках. Основная цель исследования заключается в выявлении сходных и отличительных черт синтаксических, ком-позиционных и семантико-структурных моделей пословиц, поговорок и мудрых изречений, связан-
207
ных с верой, в двух языках. Паремиологические единицы имеют особую научную значимость как ус-тойчивые языковые единицы, отражающие исторический опыт народа, его мировоззрение, нрав-ственные нормы и национальный менталитет. В особенности паремии с содержанием веры ак-тивно используются для выражения таких понятий, как доверие, терпение, судьба, упование, добро, зло, честность, намерение и духовные взгляды человека. Согласно выводам исследования, структурное построение паремиологических единиц с содержанием веры имеет решающее значе-ние в выражении их содержания. Данная статья может служить важным теоретическим и прак-тическим источником для таких областей, как паремиология, сравнительное языкознание, лингво-культурология и переводоведение.
This article presents a comparative analysis of the structural features of belief-based paremiological units in English and Uzbek. The main aim of the study is to identify the similarities and differences in the syntactic, compositional, and semantic-structural models of proverbs, sayings, and wise expressions related to belief in the two languages. Paremiological units are of particular scientific importance as stable language units reflecting the historical experience of a people, their worldview, moral norms, and national mentality. In particular, belief-based paremias are actively used to express such concepts as trust, patience, fate, reliance, goodness, evil, honesty, intention, and spiritual views. According to the conclusions of the study, the structural organization of belief-based paremiological units plays a decisive role in expressing their content. This article can serve as an important theoretical and practical source for the fields of paremiology, comparative linguistics, linguoculturology, and translation studies.
Foydalanilgan adabiyotlar
- Mieder W. Proverbs: A Handbook. Westport: Greenwood Press, 2004.
- Norrick N.R. How Proverbs Mean: Semantic Studies in English Proverbs. Berlin: Mouton, 1985.
- Taylor A. The Proverb. Cambridge, MA: Harvard University Press, 1931.
- Dundes A. “On the Structure of the Proverb”. Proverbium, 1964.
- Permyakov G.L. From Proverb to Folk-Tale: Notes on the General Theory of Cliché. Moscow, 1979.
- Kunin A.V. English Phraseology. Moscow, Higher School, 1984.
- Mahmudov N. Til va madaniyat. Toshkent, “Ma’naviyat”, 2004.
- Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. Toshkent, 1992.
- Safarov Sh. Pragmatik tilshunoslik. Toshkent, 2008
- Yo‘ldoshev B. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida frazeologiya va paremiologiya masalalari. Toshkent, 2013.
- Вланов С., Флорин С. Непереводимое в переводе, Москва, 1980.
- Arora S. “The Perception of Proverbiality”. “Proverbium”, 1984.