ilmsarchashmalari@umail.uz +998 91-915-45-55 220100, Urganch shahri, Hamid Olimjon koʻchasi, 14-uy.
Arxiv / №9 · 2026 / Maqola
10.00.00 – FILOLOGIYA FANLARI

INGLIZ VA O‘ZBEK SIYOSIY DISKURSINING UMUMIY HAMDA MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLARI

Annotatsiya
O'ZBEKCHA

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek siyosiy diskursining umumiy hamda milliy-madaniy xususiyatlari qiyosiy-kontrastiv tahlil asosida o‘rganiladi. Tadqiqot T.van Deyk, N.Ferklof, R.Vodak kabi xorijiy olimlarning tanqidiy va sotsiokognitiv diskurs tahlili nazariyalari hamda Sh.Safarov, N.Mahmudov, D.Xudoyberganovaning pragmalingvistik va antropotsentrik yondashuvlariga tayanadi. Amerika va Buyuk Britaniya davlat arboblari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqlaridan olingan misollar aso-sida ikkala diskursda ham ishontirish, jamoaviy o‘zlikni shakllantirish va emotsional ta’sir kabi umumiy kommunikativ maqsadlar aniqlansa-da, ularning til vositalari orqali amalga oshirilishi milliy-madaniy va siyosiy-tarixiy kontekstga ko‘ra farqlanishi ko‘rsatiladi. Tahlil natijalari metafora, antiteza va frazeologik birliklarning har ikki diskursda turlicha manba-soha va yo‘nalishga ega ekanligini tasdiqlaydi.

Kalit so'zlar: siyosiy diskurs, qiyosiy-kontrastiv tahlil, metafora, antiteza, milliy-madaniy xususiyat-lar, pragmalingvistika, tanqidiy diskurs tahlili, jamoaviy o‘zlik.
РУССКИЙ

В статье на основе сравнительно-контрастивного анализа исследуются общие и национально-культурные особенности английского и узбекского политического дискурса. Иссле-дование опирается на теории критического и социокогнитивного анализа дискурса зарубежных учёных, таких как Т.ван Дейк, Н.Фэрклоу и Р.Водак, а также на прагмалингвистический и антро-поцентрический подходы Ш.Сафарова, Н.Махмудова и Д.Худойбергановой. На материале приме-ров из речей американских и британских государственных деятелей, а также Президента Респуб-лики Узбекистан показано, что, несмотря на наличие общих коммуникативных целей в обоих дис-курсах, таких как убеждение, формирование коллективной идентичности и эмоциональное воздей-ствие, их языковая реализация различается в зависимости от национально-культурного и полити-ко-исторического контекста. Результаты анализа подтверждают, что метафора, антитеза и фразеологические единицы характеризуются различными сферами-источниками и прагматичес-кой направленностью в английском и узбекском политическом дискурсе.

Ключевые слова: политический дискурс, сравнительно-контрастивный анализ, метафора, антитеза, национально-культурные особенности, прагмалингвистика, критический дискурс-ана-лиз, коллективная идентичность.
ENGLISH

This article examines the general and national-cultural features of English and Uzbek political discourse through a comparative-contrastive analysis. The study draws on the theories of critical and sociocognitive discourse analysis developed by foreign scholars such as T.van Dijk, N.Fairclough, and R.Wodak, as well as on the pragmalinguistic and anthropocentric approaches of Sh.Safarov, N. Mahmudov, and D.Khudoyberganova. Based on examples drawn from the speeches of American and British political figures and the President of the Republic of Uzbekistan, the study demonstrates that although both discourses share common communicative goals, such as persuasion, the construction of collective identity, and emotional impact, their linguistic realization varies depending on national-cultural and political-historical contexts. The findings confirm that metaphors, antithesis, and phraseological units exhibit different source domains and pragmatic orientations in the two discourses.

Keywords: political discourse, comparative-contrastive analysis, metaphor, antithesis, national-cultural features, pragmalinguistics, critical discourse analysis, collective identity.

Maqola · PDF

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Ashurova D.U., Galieva M.R. (2019). Cultural Linguistics: Main Issues, Trends and Tasks. Uzbekistan, Language and Culture, 2, p. 42–73.
  2. Chilton P. (2004). Analysing Political Discourse. Theory and Practice. London, Routledge.
  3. Fayziyeva, N. Siyosiy diskurs evfemizmlarining kommunikativ-pragmatik xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida). Filol. fan. bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ... dis., 2023.
  4. Kenjayeva A. Gender va lisoniy identiklikning siyosiy diskursda lingvokognitiv va lingvopragmatik kons-truksiyasi: ingliz va o‘zbek tillari qiyosiy tahlili, 2026.
  5. Kennedy J.F. Inaugural Address, 20 January 1961. Washington, D.C., 1961.
  6. Lakoff G. (1996/2016). Moral Politics: How Liberals and Conservatives Think. Chicago, University of Chicago Press.
  7. Mahmudov N. O‘xshatishlar va milliy obraz. “O‘zbek tili va adabiyoti”, 2013, 1-son, 3–8-betlar.
  8. May T. PM statement at the European Council: 22 June 2017. London, 2017.
  9. Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. Toshkent, 2026.
  10. Nazirova Sh. The Role of Language in English and Uzbek Political Discourse. Ingliz va o‘zbek siyosiy nutqlarida tilning o‘rni. Buxoro, 2025.
← Songa qaytish